TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Butun dunyo musulmonlari muqaddas Ramazon oyiga qadam qo‘yishdi. Ushbu yilgi ro‘za, Yevropa aholisi uchun eng uzoq cho‘ziladigan ro‘za bo‘ladi, chunki yilning eng uzoq davom etadigan kunilari ayni shu damga to‘g‘ri keladi.
Zamonaviy olimlar bir ovozdan — musulmon ro‘zasi sog‘liqqa foyda, deyishmoqda. U inson tanasini keraksiz moddalardan tozalar ekan. Umuman olganda, qayerda ishlashingiz yoki hayt tarzingiz muhim emas, har biri kishi Ramazonni sog‘liqqa foyda bian o‘tkazishi mumkin ekan.
Ramazon oyiga oldindan tayorgarlik ko‘ring
“Ro‘za boshlanishidan bir necha kun oldin har kuni bir necha soat davomida ovqat va suvdan voz keching. Avval uch soatga, keyin 5 soatga va ho kazo. Shunda ramazon oyini o‘tkazish oson bo‘ladi, Facebook foydalanuvchisi Xanna Abdulla.
Fajrdan oldin uyg‘onib nonushta qiling
“Ko‘p jismoniy mehnat qiladiganlar uchun ko‘p oqsil moddasi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ular iftorga ko‘proq oqsilli ovqat yeyishi kerak. Men iftor vaqti proteinli (oqsilli) kokteyl ichaman. Tuni bilan esa ko‘proqsuv ichishga harakat qilaman. Kechqurun esa smuzi, tuxum va granola yeyman”, — dedi amerikalik bloggerlardan biri.
Ko‘proq suv iching
Havo issig‘ida suvsiz qolmaslik uchun, suxur va iftor orasida to‘yib skuv iching. Bir ichishda iik stakan suv iching.
Oqsilli kokteyllar iching.
“Men iftor vaqtida, uxlash oldida va nonushta vaqtida bir stakandan proteinli kokteyl ichaman”, — dedi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Yusuf.
Yog‘ va uglevodlarni ham esdan chiqarmang.
Ramazon vaqtida turli yong‘oq va donli mahsulotlar iste’mol qilish – juda foydali. Bunday ovqat sekin asta hazm bo‘ladi va uzoq vaqtga yetadi.
Issiq suyuq ovqat yeyishni unutmang.
Issiq suyuq ovqat oshqozonga foyda va qiyin hazm bo‘ladigan ovqatlarini ko‘p yeyishni oldini oladi.
Ish rejangizni to‘g‘ri tashkillashtirib oling.
Ishxonangizda ish rejangizni to‘g‘ri rejalashtirib oling. Iloji bo‘lsa ishga suxurdan keyin darhol kelib, yo‘llarda tirbindlik boshlanmasdan, ertaroq uyga qayting.
Oilangiz bilan ko‘proq vaqt o‘tkazing.
Oila a’zolari va yaqinlar bilan birgalikda ramazonni o‘tkazish unga o‘zgacha fayz bag‘ishlaydi.
Ochlik yokin chanqash haqidagi fikrlardan chalg‘ishni o‘rganing.
“Bu juda g‘alati, lekin men Ramazon oyida pazandalik haqidagi ko‘rsatularni tomosha qilishni yaxshi ko‘raman. Bu yeydigan taomlarimizni yanada ko‘proq qadrlashga sabab bo‘ladi”, — deydi Husayn Kesvani Facebook sahifalarida.
Ushbu ishlarni nima uchun qilayotganingiz haqida o‘ylab ko‘ring.
“Men o‘zim “bu menga nimaga kerak?” degan savol beraman. Och qolish bu men uchun o‘z ta’nam va ehtiroslarim ustidan nazorat qilish degani. Ramazon meni o‘z his tuyg‘ularimni nazorat qilishga o‘rgatadi. Och qolganda buni amalga oshirish ikki baravar qiyn. Ana shu men uchun asosiy sabab”, — deydi Fotima Moxi-Eldin ijtimoiy tarmoqda.
Facebookning yana bir foydalanuvchisi “Men amerikada, barcha sharoitlar va konditsioner bo‘lgan uyimda turib bir yilda 30 kun davomida ochlik his qilaman. Ona vatanim Pokistonda esa odamlar elektrsiz, jazirama issiqda, yil bo‘yi shunday sharoitda yashaydi”, — dedi.
Dam oling "planking" bilan shug‘ullaning
“Ramazon vaqti men qiladigan ajoyib ishlardan biri bu – planking. Men tez-tez yerga qornim bilan yotib, uzoq vaqt shunday qolishga harakat qilaman. Aytgancha, bunday holatda qorin kamroq “hushtak chaladi”, — deydi facebook a’zosi.
Juda xoxlagan narsalaringizni qog‘ozga yozib oling.
Ramazon vaqtida biror nimani xoxlab qolsangiz – uni yon daftaringizga yozib oling. Ramazon tugaganidan keyin uni istamay qolishingiz mumkin.
Sportni unutmang
Faol jismoniy harakat qilishni hech qachon unutmang. Ko‘proq sayr qilishga harakat qiling. Yoz tunlari juda yoqimli-ku.
Uyqu
Ramazon vaqtida ko‘proq uxlash kerak. Kun tartibingizni shunday tuzing-ki, uxlashga ko‘proq vaqt qolsin. “Men ishdan kelgan zamonim ikki soat uxlab olaman. Keyin esa tungi soat 11 dan 4 gacha uxlayman”, — deydi Facebook ijtimoiy tarmoq a’zosi.