TOShKENT, 9-iyun – Sputnik. Rossiya harbiy kuchlarining Su-27 samolyoti Moskva viloyatining Pushkin tumanida, muranovo qishlog‘i yaqinida, o‘quv-mashg‘ulot vaqtida qulab tushdi, RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi xabariga asoan.
Oldin tarqatilgan, tasdiqlanmagan xabarlarda, Mig-29 samolyoti qulab tushdi deyilgan edi.
Xabar berilishiga ko‘ra, parvoz vaqtida samolyot qurol aslahasiz bo‘lgan. Halokatda samolyoti uchuvchi qurbon bo‘lgan. Voqea Moskva vaqti bilan soat 10.25 da sodir bo‘lgan.