TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston JKga ko‘ra, “o‘g‘irlik”, “lavozimini suiste’mol qilish”, “firiibgarlik”, “jinoiy yo‘l bilan olingan daromadlarni qonuniylashtirish” kabi jinoyatlarda ayblanayotgan fuqaro Shukurullo Qo‘ziyev, Moskva viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston huquqni saqlash organlari xodimlari qo‘liga topshirildi.
Huquqni saqlash organlari xabariga qo‘ra, 2005-2007 yillarda Qo‘ziyev O‘zbekiston hududida tadbirkorlik bilan shug‘ullangan. Jinoiy guruh tarkibida o‘z ta’siri ostida bo‘lgan bankka yuqori foiz evaziga jismoniy v yuridik shaxslardan mablag‘ jalb qilgan. Keyin esa qalbaki tashkilotlar va shartnomalar asosida pullar naqdga aylantirib o‘margan. Qo‘ziyevning ushbu faoliyatdan yetkizilgan zarar 280 mln so‘mni tashkil qildi. Undan tashqari Qo‘ziyev ko‘chmas mulk bilan bog‘lik bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshirib 9 mlrd so‘mlik noqonuniy daromad olgan.
Shukurullo Qo‘ziyev o‘tgan yilning oktabr oyida Moskva viloyatning Klin tumanida qo‘lga olingan edi. Moskva viloyati prokuraturasi o‘tkazgan tekshiruvdan keyin u O‘zbekiston huquqni saqlash organlariga topshirildi.
Moskva viloyati prokuratura xabariga ko‘ra, o‘tgan yilning sentabr oyida Pushkin tumanida hibsga olingan yana bir O‘zbekiston fuqarosi O‘zbekiston huquni saqlash organlariga topshirildi.
Bir necha yil oldin sodir etgan “o‘g‘irlik” va “jamiyatga qarshi hatti-harakat”kabi jinoyatlari uchun, O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, qo‘qonlik Artem Raxmanov ham O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi.