TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. Tel-Avivda sodir bo‘lgan qonli terakt falastinlik ikki aka-uka tomonidan amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi, Isroil politsiyasi matbuot kotibi Miki Rozenfild xabariga asosan.
Chorshanba kuni kechqurun Tel-Avivdagi “Sarona” nomli yopiq bozorga kiraverishda ikki falastinlik terrorchi odamlarni o‘qqa tutgan.
“Ularning ikkalasi ham politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Tergov ishlari olib borilmoqda”, - dedi Rozenfild.
Times of Israel nashri yozishiga qaraganda, qora kostum-shim kiygan falastinlik ikki aka-uka bozor oldidaga restoranga kirib desert buyurishadi, keyin esa odamlarni o‘qqa tutadi. Bir minut davom etgan otishma oqibatida to‘rt kishi qurbon bo‘ldi va bir o‘nlab kishi yaralandi.
Eslatib o‘tamiz, yil boshidan buyon bu Isroilda sodir etilgan uchinchi qonli terakt bo‘ldi. 1-yanvar kuni barlaridan birida arab millatiga mansub terrorchi 2 kishi va taksi haydovchisini o‘ldirgan edi. 8-mart kuni Yaffo tumanida falastinlik terrorchi AQShlik turistni o‘ldirdi va yana bir necha kishini yaraladi.