TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Sankt-Peterburg shahar sudi Coca-Cola zavodi direktori Dmitriy Soshnevning qotillariga 16 va 22-yil kamok jazosi berdi, RIA Novosti xabariga asosan.
Soshnev 2014-yilning 28-noyabrida Sankt-Peterburgning Frunze tumanida miltiqdan otib o‘ldirilgan edi. Ushbu jinoyatda Denis Chxitauri va Vacheslav Finogenov ayblanib, boshida Finogenov bir umr va Chxitaurini 21-yil qamoq jazosiga mahkum qilingan edi.
Prokuror voqea tafsilotlarini o‘rganish natijasida, Chxitaurini 16 yil qamoq jazosiga va Finogenovni 22 yil qamoqqa mahkum qildi.
Qurbonning 160 ming puli va avtomobili ugirlangani uchun, tergovchilar qotillik bosqinchilik uyushtirish maqsadida amalga oshirilgan degan fikrni bildirishdi.
Sudlanganlar esa, Soshnevni o‘ldirish niyatlari bo‘lmaganini va bu tasodifan yuz berdi, — deb turib olishdi.
Chxitaurining advokati Yuriy Petrov aytishiga qaraganda, Soshnev Chxitaurining tanishlaridan birining “doimiy kokain xaridori” bo‘lgan. Kokain yetkizib berishni iloji bo‘lmay qolganda, Soshnev Chxitaurining shaxsan o‘zi unga kokain keltirizib berishini talab qilgan.
Garajlar ichida bo‘lgan uchrashuv Ofinogenovninig jahlini chiqargan, chunk u narkotik moddalar iste’mol qiladiganlarni jini suymas ekan. Shuning uchun u Soshnevga nisbatan haddan ziyod qatiqqo‘llik qilgan. Ofinogenov sudyalardan uni tushinishni so‘radi. Bir vaktlar uning qizi xam narkotiq moddalar tufayli o‘lib ketishiga sal qolgan ekan.