TOShKENT, 8-iyun – Sputnik. Aktobeda yaqinda bo‘lib o‘tgan teraktlar munosobati bilan, Qozog‘istonda 9-iyun – motam kuni deb e’lon qilindi, respulika prezidenti matbuot xizmati xabariga asosan.
“Aktobeda sodir etilgan terakt oqibatida, harbiylar va tinch fuqarolar qurbon bo‘lishi munosobati bilan, 2016-yilning 9-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasida motam kuni deb e’lon qilinsin”, — deyilgan Nursulton Nazarboyev imzolagan qarorda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba kuni bir guruh shaxslar Aktobedagi qurol-yarog‘ magazini va harbiy qismga hujum uyushtirdi. Shaharda aksilterror tartib e’lon qilindi. IIV tomonidan tarqatilgan oxirgi xabarlarga ko‘ra, yo‘q qilingan jangarilar soni 13 kishini tashkil qildi. Terrorchilar hujumi oqibatida yetti kishi qurbon bo‘ldi. IIV fikriga ko‘ra terrorchilar diniy ekstremistik oqimlar tarafdori bo‘lishgan.