TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Qohiradan Pekinga yo‘l olgan EgyptAir aviakompaniyasi samolyoti O‘zbekistonning Urgench shahri aeroportiga shoshilinch tarzda qo‘ndi, Bahraynning Al-Vasat nashri xabariga asosan.
OAV ma’lumotlariga qaraganda, Misr hukumatiga samolyotda portlovchi uskuna borligi haqida anonim qo‘ng‘iroq bo‘lganidan keyin, u shoshilinch ravishda qo‘nishga majbur bo‘lgan.
O‘zbekiston Havo yo‘llari xabariga ko‘ra, samolyot Urgench aeroportiga mahalliy vaqt bilan ertalab soat 08:00da qo‘ngan. Ayni damda, A-330 samolyotining 118 yo‘lovchisi va 17 ekipaj a’zolari xavfsiz masofaga evakuatsiya qilingan. Xavfsizlik xizmati mutaxassislari samolyotni tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.
Urgench aeroporti vaqtincha yopildi.