Qirg‘izistonda MDH bosh vazirlari uchrashuvi

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishBeshkekda MDH bosh vazirlari uchrashuvi
Beshkekda MDH bosh vazirlari uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Beshkekda bo‘lib o‘tayotgan MDH bosh vazirlari uchrashuvida Qirg‘iziston YeOII va MDH orasida erkin savdo zonasi tashkil qilish taklifi bilan chiqdi.

TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston bosh vaziri Sooronbay Jeenbekov YeOII va MDH orasida erkin savdo zonasi tashkil qilish taklifini kiritdi. 

“Biz MDH davlatlari orasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish tarafdorimiz. Kelajakda ushbu ikki ittifoq orasida to‘la qonli erkin savdosi tartibi o‘rnatish mumkin deb hisoblaymiz. Bu mamlakatlarimizning raqobatbardoshligini oshiradi. Bu ayniqsa iqtisodiy qiyinchiliklar vaqtida muhim”, — deb vazirning so‘zlarini keltiradi matubot kotibi.

Uning fikriga ko‘ra, sobiq Ittifoq chegarasi atrofida paydo bo‘layotgan xavflar sababli MDH ittifoqining roli muhim bo‘lib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, YeOII ga bugungi kunda Rossiya, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston kiradi. MDHga esa Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan. Gruziya 2009-yilda MDH tarkibidan chiqdi, Ukraina va Turkmaniston MDH nizomini imzolamagani tufayli tashkilotning a’zosi emas qatnashchisi hisoblanadi.

Yangiliklar lentasi
0