Qarshida 700-yil oldin qurilgan ko‘prik ta’mirlandi

© SputnikQarshidagi 700-yillik ko‘prik
Qarshidagi 700-yillik ko‘prik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayta ta’mirlash ishlari O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov topshirig‘iga binoan amalga oshirildi.

TOShKENT, 7-iyun – Sputnik. Buyuk sarkarda Amir Temur tomonidan Qarshi shahrida 700-yil oldin qurilgan ko‘prik qayta ta’mirlandi, deb xabar qildi Qashqadaryo viloyati ma’muriyati.

Ta’mirlash ishlari yakuniga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Adham Ikromov va viloyat ma’muriyati rahbari Zafar Ro‘ziyevlar so‘zga chiqdi.

“Qashqadaryo ko‘prigi 700-yillik tarixga ega. U Amir Temur tomonidan qurilgan va qadim zamonlarda Qashqadaryo qirg‘oqlarini birlashtirib xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy aloqa vositasi bo‘lgan”, — deyilgan xabarda.  

Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, qadim zamonlarda bu yerdan Eron va Hindistonni Yevropa bilan bog‘lovchi karvon yo‘llari o‘tgan.

“Vengriyalik olim va sayohatchi German Vamberi yozishiga qaraganda,  XIX asrning 60-yillarida Qarshida 10ta karvon saroy, katta bozor va dam olish uchun jamoat bog‘i mavjud bo‘lgan. Ushbu tarixiy bog‘ ham qayta tiklandi”, — deyishdi ma’muriyatda.  

Qayta qurish ishlari O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bergan topshiriqqa binoan amalga oshirildi.

Qarshi shahri 2006-yilda o‘zining 2700-yilligini nishonladi. Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan shahar Qashqadaryo viloyatida Nashxab (suv bilan bezatilgan joy) nomi bilan eramizdan oldingi 5-8 asrlarda paydo bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0