TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Bugungi kunda, Moskva shahar avtomobillar saqlash joylarida 4344ta tashlab ketilgan avtomobillar saqlanmoqda. Ular haqidagi ma’lumotlar tuman upravalari (hokimiyat) internet sahifalarida joylashtirilgan. Tezkor ma’lumotlar esa, Moskva avtomobillar turar joylarini boshqarish ma’muriyati dispetcher xizmati orqali olish mumkin.
Tashlab ketilgan, yarim detallari yo‘q avtomobillar vaqtinchalik avtomobil turar joylarida uch oy davomida saqlanadi. Undan keyin esa, sud ularni egasiz mol deb tan oladi va kelajakda ular utilizatsiyaga topshiriladi. Tashlandiq avtomobillarni saqlash uchun Moskvada tunu-kun qo‘riqlanadigan, yoritilgan va atrofi berkitilgan 13 ta parkovka tashkil qilingan.
Tashlandiq avtomobillar haqida fuqarolar tuman upravasiga telefon yoki internet orqali xabar berishlari mumkin. Egasi topilmagan yoki egasi voz kechgan avtomobillar tashlandiq avtomobil deb hisoblanadi.
Avtomobilning eshigi, g‘ildiraklari, oynalari, va boshqa zarur detallari bo‘lmasa u avtomobillar – qisimlarga bo‘lingan avtomobil hisoblanadi va ular ham ko‘chadan yig‘ib olinadi.