TOShKENT, 6-iyun —Sputnik. Bizimkilər (Biznikilar) loyihasida ishtirok etuvchi Ozarbayjon musiqachilar orkestri va mashhur hofizlar Murad Dadashev hamda opa-singil Sevil va Sevinch Safarovlar ishtirokida Hit the road Jack (Ko‘zimdan yo‘qol, Jek) qo‘shig‘ini ijro etishdi.
Ilk bor 1960-yilda amerikalik Rey Charlz tomonidan ijro etilgan ushbu qo‘shiq uzoq yillar davomida Jaz uslubidagi eng mashhur qo‘shiqlaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Hit the road Jack qo‘shig‘ini oldin hech kim rubob, nay, doira va g‘ijjakda hech kim ijro etmagan. Undan tashqari mamalkatning xushovoz xonandalari ham qo‘shiqning haqiqiy jozibasini saqlab qolish bilan bir vaqtda, biroz ozarbayjoncha hazil-mutoyiba bilan ijro etishi uni eshitganlarni jilmaytirib ularning esida qoladigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Bizimkilər (Biznikilar) loyihasi 2012-yilda Ozarbayjonda “Yevrovidenie” konkursi arafasida, sayohlarni mamalkatga jalb qilish maqsadida yaratilgan edi.
Loyiha dunyoning eng mashhur xitlarni ozarbayjoncha uslubida, milliy musiqa asboblari yordamida va mamlakatning yetuq hofizlari ishtirokida ijro etishdan iborat.
Qo‘shiqning aslini bu yerda tomosha qilish mumkin.