Aviasozlar dehqon bozorida tozalik kuni o‘tkazilmoqda

© UZ24.UZAviasozlar dehqon bozori
Aviasozlar dehqon bozori - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dushanba kuni ertalab Yashnaobod tumani aholisi kechagina ishlab turgan Aviasozlar dehqon bozori (Kadisheva bozori) yopilganining guvohi bo‘lishdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha bozor sanitar kuni munosobati bilan yopilgan ekan.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Poytaxtning Yashnaobod tumanida katta bozorlaridan biri bo‘lgan – Aviasozlar dehqon bozori, tozalash va tartibga kelish ishlari o‘tkazish uchun, vaqtincha yopildi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Dushanba kuni ertalab, meva-sabzavot xarid qilmoqchi bo‘lib kelgan Yashnaobod tumani aholisi kechagina ishlab turgan Aviasozlar dehqon bozori yopilganining guvohi bo‘lishdi. Bozorga kiraverishdagi ustunda “Tozalik kuni” degan yozuvdan boshqa xabar yo‘q edi. Bozorga kelganlar bozor ichida savdo rastalari buzilayotganining guvohi bo‘lishgan,  deb yozadi nuz.uz

Ma’lum bo‘lishicha, bundan oldin bozorga komissiya kelgan va soliq hamda sanitar xizmatlar tomonidan jiddiy tekshiruv ishlari o‘tkazilgan ekan.

"Novosti Uzbekistana" sahifasi tahririyati tuman hokimligi bilan telefon orqali bog‘lanib, bo‘lib o‘tgan voqeaga izoh so‘rashganda, bozor yopilgani yoki ko‘chirilgani yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Aviasozlar bozorida bor-yo‘g‘i tozalik ishlari olib borilayotgani tasdiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0