TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Belgiyaning Lyej viloyatida yo‘lovchi poyezdi yuk poyezdi bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda uch kishi qurbon bo‘ldi 40 kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Le Soir nashri.
“To‘qnashuv sabalari o‘rganilmoqda”, — dedi Infrabel temir yo‘l kompaniyasi vakili Frederik Sakr.
Voqea yarim tunda sodir bo‘lgan, yo‘lovchi poyezdi o‘zi bilan bir yo‘ldan ketayotgan yuk poyezdni quvib yetib olgan va uning oxirgi vagonigaga borib urilgan.
RTL telekanali xabariga ko‘ra, voqea bo‘lib o‘tgan joyga qutqaruv xizmatlari va 30ta tez yordam avtomobili yetib kelgan. Shahar burgomistri qurbonlar soni ortishi mumkinligini xabar berdi.