Qozog‘istonning Aktobe shahriga terrorchilar hujum qildi

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishHuquni saqlar organlarining maxsus operatsiyasi
Huquni saqlar organlarining maxsus operatsiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aktobeda terrorchilar ikki qurol-yarog‘ do‘koniga va harbiy qismga hujum qilishgan, bir necha kishi qurbon bo‘lgan.

TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qozog‘iston g‘arbida joylashgan Aktobe shahrida terrorchilik xavfining eng yuqori “qizil darajasi” e’lon qilindi. Mahalliy aholi ushbu haqida sms xabarlari oldi, Tengrinews.kz xabari asosida.

Yakshanba kuni shaharning uch tumanida otishma bo‘ldi. Noma’lum kimsalar ikki qurol-yarog‘ do‘koniga va harbiy qismga hujum qilishgan. Tezkor o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida hujum qilganlardan to‘rt kishi yo‘q qilingan va yetti kishi hibsga olingan.

Hujum oqibatida uch nafa tinch aholi va uch nafar harbiy qurbon bo‘lgan. Qozog‘iston IIV xabariga ko‘ra, ushbu hujumlarga dinning radikal oqimlariga kiruvchi kishilar aybdor.

Ayni damda shaharda terrorchilikka qarshi operatsiya davom etmoqda. Shahar hokimi Berdibek Saparbayev aholiga “vaziyat nazorat ostida” deb xabar berdi va shu bilan bir vaqtda fuqarolardan ogoh bo‘lishni so‘radi.

Internetda shahar aholisi suratga olgan bir necha videolavhalar paydo bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0