Toshkent ShHT davlat rahbarlarini yangi chiroy bilan kutib oladi

Obuna bo‘lish
Toshkentda bo‘lib o‘tadigan ShHT davlat rahbarlari sammitiga sanoqli kunlar qolmoqda. Mehmonlarni munosib kutib olish uchun shahar o‘z qiyofasini jadal yangilamoqda.

TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Toshkentda 23-24 iyun kunlari ShHT sammiti bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Sammit oldidan Toshkentda markaziy ko‘chalarini kengaytirish, Oloy bozorini yangilash ishlari avjida.

Sputnik muxbiri xabar berishiga ko‘ra, Toshkent markaziy ko‘chalarining ustki qoplamini  yangilash va kengaytirish ishlari olib borilmoqda. Ko‘chalar bilan bir qatorda, ularga yaqin bo‘lgan hudular ham obodonlashtirilmoqda.

Bir tarafdan bu kutilayotgan nufuzli mehmonlar oldida Respublika obro‘sini ko‘tarsa, ikkinchi tarafdan mehmonlar ketganidan keyin aholi uchun xizmat qiladi. Shahar ko‘chalarining ba’zilari bir necha yildan beri ta’mirlash talab qilayotgan edi, mehmonlar tufayli ular ham obod bo‘lib qolsa — yaxshi-da albatta.

Masalaning ikkinchi tomoni esa, bugungi kunda yoppasiga olib borilayotgan ta’mirlash ishlari shaharning bir necha gavjum ko‘chalarini vaqtincha yopishga olib keldi. Bu albatta, mahalliy aholi uchun transport tirbandligi va boshqa noqulayliklar tug‘diradi.

Noqulaylik imkon qadar kamroq bo‘lishi uchun, mahalliy hukumat ta’mirlash ishlari boshlanishidan bir necha kun oldin kerakli choralarni ko‘rgan. Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati tele va radio efir orqali e’lon qilinib, odamlarni shaxsiy ulovlarini uyda qoldirib jamoat transportidan foydalanishga va  vaqtincha yurish mumkin bo‘lgan aylanma yo‘llar haqida ham xabar berilgan. Ushbu noqulaliklar uchun mahalliy aholidan uzr ham so‘rashgan, albatta. 

Cabrning tagi sof oltin deganlaridek, barcha ta’mirlash ishlari 10-iyunga qadar yakunlanishi kerak, undan keyin esa, aholi yangi asfalt yotqizilgan, atroflari obodonlashtirilgan oynadek tekis yo‘llardan — maza qilib foydalanadi, xudo xoxlasa.

Yo‘ldan tashqari Toshkent markazidagi mehmonlar borishi mukin bo‘lgan joylar ham yangilanmoqda. Ulardan biri — Oloy bozori.  

Eski oliy bozori sobiq Ittifoq davrida uchburchik shaklidagi beton ustunlardan qurilgan va uni O‘zbekona yoki sharqona uslub deb bo‘lmasdi. Shuning uchun ham uni butunlay buzib tashlab yangi bozor binosi qurilishi bu shahar ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Aytishlariga qaraganda, yangi Oloy bozori binosi qadimiy sharqona usulda bo‘lib naqshinkor yog‘och ustunlar bilan bezatilar ekan. Bu albatta bozor ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi va mehmonlarga ham aholiga ham xush yoqishi kerak.

Undan Tashqari yaqin kunlar ichida Toshkentda Baxt ko‘lida yangi istirohat bog‘i va plyaj ishga tushishi kutilmoqda, xullas, Toshkent ko‘rki ochilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0