O‘zbekistonlik rekordchi Jamshid To‘rayev bilan intervyu

© Lichniy arxiv Djamshida TurayevaDjamshid Turayev
Djamshid Turayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki barmoqda tortilish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan birinchi O‘zbekiston fuqarosi Jamshid To‘rayev Sputnik muxbiri bilan suhbatda bo‘ldi.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik, Anastasiya Aleksandrova. O‘zbekistonlik Jamshid To‘rayev bir daqiqa ichida ikki barmoqda tortilish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U hozir ushbu sport turida jahonda birinchi o‘rinda va Ginnesning rekordlar kitobiga tushgan birinchi O‘zbekiston fuqarosi bo‘ldi.  

Sportchi biz bilan o‘z muvaffaqiyatining sirlari va kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

Siz bolalikdan sportni sevganmisiz?

- Ha, men chindan ham sportni bolaligimdan sevaman. Men Navoiy viloyatining Qiziltepa tumanida tug‘ilganman, otam To‘rayev Rizoqul ham sportchi bo‘lgan. Menimcha, hayot yo‘limni tanlashimga ham u kishi sabab bo‘lgan.

© Lichniy Arxiv Djamshida TurayevaDjamshid Turayev
Djamshid Turayev - Sputnik O‘zbekiston
Djamshid Turayev

Siz o‘zingiz sevgan sportchi bormi, kimnig muxlisi bo‘lgansiz?

- Ha, bor! Brus Li – mashhur akter, rejisser va faylasuf.

Bolaligingizda kim bo‘lishni orzu qilgansiz?

- Bolaligimda velosipedchi yoki futbolchi bo‘lishni orzu qilganman. Afsuski, bunga erisha olmadim. Xudoga shukurki, bu borada o‘g‘limning omadi chopgan. Hozir u Gretsiyada eng mashhur bolalar futbol jamoasining kapitani. Biz hozir oilamiz bilan Kiprning Limassol shahrida yashaymiz. Rafiqamning ismi Dilbar. O‘g‘limizning ismi Maksimos, qizimining ismi Gulshoda. Qizim maktabning eng yaxshi o‘quvchisi.

© Lichniy arxiv Djamshida TurayevaSin Djamshida Turayeva
Sin Djamshida Turayeva - Sputnik O‘zbekiston
Sin Djamshida Turayeva

Kiprda yashash sizga yoqadimi, O‘zbekistonni, o‘zbek taomlarini sog‘inmaysizmi?

- Kiprda yashash yaxshi. Bu yerda men fitnes-murabbiy bo‘lib ishlayman. Buning uchun o‘qib diplom oldim. Lekin Vatanda, albatta, butunlay boshqacha muhit va ruhiy madad his qiladi kishi. Menga har kuni O‘zbekistondan necha kishi xat yozishini hatto tasavvur ham qila olmaysiz! Hamma menga, mening yutug‘im ularni sport bilan shug‘ullanishga va yangi g‘alabalarga ilhomlantirganini aytishmoqda. O‘zbekistonning har bir mahallasida sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar mendan maslahat so‘rab murojaat qilishadi.

Taomlar maslasida esa, siz haqsiz… Men albatta sog‘lom ovqatlanish tarafdoriman, lekin osh va somsani juda sog‘indim. Bular o‘zbek taomlari orasida mening eng yaxshi ko‘rgan taomlarim. Hozircha mening ovqatlarim mana bular:

© Lichniy arxiv Djamshida TurayevaRatsion Djamshida Turayeva
Ratsion Djamshida Turayeva - Sputnik O‘zbekiston
Ratsion Djamshida Turayeva

O‘zbekistonda borganingizga ko‘p vaqt bo‘ldimi?

- Oxirgi marta men ona vatanimda besh yil oldin bo‘lgan edim. Bu yil O‘zbekistonga borishimdan juda xursandman. O‘zbekistonga borib, aynan o‘sha yerda yangi rekord o‘rnatishni rejalashtirganman.

U qanday rekord, unga allaqachon tayorgarlik ko‘rayotgan bo‘lsangiz kerak?

- Mening maqsadim amerikalik tomonidan o‘rantilgan Most Clap Pull Ups (sakrab tortilish) nomli rekordni yangilash. Men bunda g‘alaba qozonishimga ishonaman. Umuman, menda hali yana beshta rekord o‘rnatish rejasi bor.  

Biz sizga yangi yutuqlarga erishishingizga omad tilaymiz. Bu yil o‘rnatgan rekordingiz haqida aytib bering, bunday natijalarga erishish qiyin bo‘ldimi?

- Men bunga erishish uchun oldimga aniq maqsad qo‘yib, o‘z ustimda olti yil astoydil ishladim. Umuman, Ginnesning Rekordlar kitobiga tushish, bu — o‘zini va o‘z vatanini mashhur qilish hamda tarixda qolish uchun noyob imkoniyat.

Aytgancha, Ginnes qo‘mitasining talablari juda qattiq. Rekord hisobga olinishi uchun, birinchidan, videoisbot va fotosuratlar ikkinchidan Yevroparlamentdan uch guvoh bo‘lishi talab qilinadi. Rekordlar inson qurbi yetadigan, takrorlash imkoni bor va o‘lchab bo‘ladigan xususiyatlarga ega bo‘lishi kerak. Insonga va jamiyatga zarar yetkizishi mumkin bo‘lgan rekordlar o‘rnatish ta’qiqlangan.

Yangiliklar lentasi
0