Rossiyaliklarning 75% qonuniy maosh oladi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishRossiya rubli
Rossiya rubli - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Faqat “konvert”da, ya’ni noqonuniy oylik oladiganlar soni – 10% ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda kam ta’minlanganlar orasida ushbu ko‘rsatkich nisbatan baland – 19%.

TOShKENT, 2-iyun – Sputnik. Bugungi kunda mehnat qilayotgan rossiyaliklarning 75% qonuniy daromad evaziga yashaydi, Butun Rossiya Jamoat fikrini o‘rganish markazi (VSIOM) xabariga asosan.

Izlanish natijasiga ko‘ra, oxirgi yil davomida qonuniy maosh oladiganlar soni 69-75 % doirasida bo‘lgan. O‘rta yoshdan katta bo‘lgan (45-59) odamlar orasida qonuniy oylik oladiganlar soni nisbatan ko‘rproq – 78%, 25-35 yoshlilar orasida esa ushbu ko‘rsatkich – 69 % ni tashkil qiladi.

Faqat “konvert”da, ya’ni noqonuniy oylik oladiganlar soni – 10 %ni tashkil qildi. Shu bilan bir vaqtda kam ta’minlanganlar orasida ushbu ko‘rsatkich nisbatan baland – 19%.  

So‘ralganlarning 13% — yarim qonuniy yarim noqonuniy oylik olishadi. O‘tgan yilda ushbu ko‘rsatkich 17%ni tashkil qilar edi. Bunday oylik olish odatda, yosh mutaxassislarga xos.  

Ushbu so‘rov 28-29 may kunlari Rossiyaning 46 viloyati va o‘lkalarida hamda 9 Federal okrugida o‘tkazilgan edi. So‘ralganlarning umumiy soni 1600 kishini tashkil qildi. So‘rovning xatolik koefitsenti  -3,5 %.

Yangiliklar lentasi
0