OAV: Xovan qabristoni sobiq direktori migrantlarni tovon to‘lashga majburlamoqchi bo‘lgan

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishVacheslav Bocharnikov - Xovan qabristonidagi mojaroda ayblanuvchilardan biri
Vacheslav Bocharnikov - Xovan qabristonidagi mojaroda ayblanuvchilardan biri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Kommersant” nashri yozishiga ko‘ra, ommaviy mushtlashish sababi bu oddiy janjal emas, balki Chabuyev qabristonda ishlayotgan Tojikistonlik migrantlarni o‘z nazorati ostiga olmoqchi bo‘lganidir.

TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Tergovchilar Xovan qabristoni sobiq direktori Yuriy Chabuyevga va “Sog‘lom millat” fondi asoschilaridan biri, huquqshunos Aleksandr Bocharnikovni qotillik tashkil qilishda ayblashmoqda, RIA Novosti "Kommersant" xabariga asosan.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Moskvaning Xovan qabristonida 200 kishi ishtirokida ommaviy mushtlashish bo‘lib o‘tgan, va uning natijasida uch Tojikiston fuqarosi qurbon bo‘lgan va 23 kishi jarohatlangan edi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro qabristonda xizmat ko‘rsatishdan olinadigan foyda tufayli kelib chiqqan.

“Kommersant” nashri yozishiga ko‘ra, ommaviy mushtlashish sababi bu oddiy janjal emas, balki Chabuyev qabristonda ishlayotgan Tojikistonlik migrantlarni o‘z nazorati ostiga olmoqchi bo‘lganidir. Qabriston direktori “ularni foydaning bir qismini to‘lashni yoki umuman ishlamaslikni talab qilgan”.  

Bocharnikov janjaldan keyin birinchi bo‘lib hibsga olindi. U bezorilik va noqonuniy qurol saqlashda ayblanmoqda. Tergov Qo‘mitasi fikriga ko‘ra Xovan qabristoni (endi sobiq) direktori Yuriy Chabuyevni mojaro tashkilotchisi deb hisoblaydi.

Tergovchilar bo‘lib o‘tgan voqeani “uyushgan guruh tomonidan oldindan rejalashtirib ikki yoki undan ortiq kishini o‘limiga olib kelgan jinoyat” va “bezorilik” deb baholamoqda. Ushbu jinoyatni tashkil qilishda ayb Yuriy Chabuyev va Aleksandr Bocharnikovga qo‘yilmoqda.

Voqeaning yana bir tafsiloti hozircha noaniq bo‘lib qolmoqda. Bu Tojikiston

Moskva shahri Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv - Sputnik O‘zbekiston
O‘liklar uchun jang: Xovan qabristonidagi ommaviy mushtlashuv kimga va nimaga kerak bo‘ldi?
fuqarosi Suxrob Xushakovning o‘limidir. Uning jasadi qabristonning shimoliy chekkasidan topilgan. U yerdan mojaro bo‘lib joygacha kamida bir soatlik piyoda yuriladigan masofa. 

Ushbu ish yuzasidan Moskvaning Presnya sudi tomonidan 14 kishi hibsga olingan. Ular orasida sobiq politsiya xodimi Nikita Moshenko ham bor.

Yangiliklar lentasi
0