TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Rossiyaliklar AQSh, Ukraina va Turkiyani mamalkatning eng ashaddiy dushmani deb hisoblashadi, RIA Novosti “Levada-sentr” ma’lumotiga asosida.
Fuqarolarning aksariyati (72%) Rossiyaga nisbatan eng kuchli adovat qilayotgan mamlakat AQSh deb hisoblaydi. Ikkinchi o‘rinda — Ukraina (48%) va uchinchi o‘rinda – Turkiya (29%).
Shuni aytib o‘tish kerakki, o‘tgan yilda o‘tkazilgan xuddi shunday so‘rovda, Ukrainani dushman deb hisoblaydiganlar soni — 37 % ni, Turkiyani dushman deb hisoblaydiganlar esa – 1 % ni tashkil qilardi.
Rossiyaning asosiy do‘stlari, fuqarolar fikricha – Belorussiya (50%), Qozog‘iston (39%) va Xitoy (34%).