O‘zbekistonda birinchi milliy ijtimoiy tarmoq ishga tushdi

© davra.uzDavra.uz ijtimoiy tarmog‘i sahifasi
Davra.uz ijtimoiy tarmog‘i sahifasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tarmoq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirligi yordamida UZINFOCOM markazi tomonidan ishlab chiqilgan.

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda birinchi ijtimoiy tarmoq – Davra.uz rasman ishga tushirildi.   

Tarmoq Axborot texnologiyalari va  kommunikatsiyalar vazirligi yordamida UZINFOCOM tomonidan davlat mablag‘i evaziga ishlab chiqarilgan.

“Bugun O‘zbekiston internetida 37 ta ijtimoiy tarmoq ro‘yxatdan o‘tgan, lekin ularning ko‘pchilligi ishlamaydi. Ularning faoliyati sust va foydali va qiziq materiallar yo‘q. Ushbu omilni hisobga olib, bizning milliy madaniyat va hojatlarimizga moslashtirilgan ijtimoiy tarmoq yaratish zarurati tug‘ildi”, — dedi UZINFOCOM markazi vakili.    

Uning so‘zlariga qaraganda, o‘zbek internetining bugungi holatida, hech bir xususiy korxona ijtimoiy tarmoq kabi yirik loyiha yaratish va uning faoliyatini qo‘llab-quvvatlab turish imkoniga ega emas. Shu sababdan ham davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanib turadigan Milliy ijtimiy tarmoq yaratishga qaror qilingan edi.

Suhbatdosh tarmoqni yaratish uchun kerak bo‘lgan aniq xarajatlarni aytib o‘tmadi. U faqat “Uznetda bunday xususiy loyihalar reklama va boshqa vositalar yordaimda mustaqil jon saqlashi uchun sharoit paydo bo‘lmagunicha, ushbu loyiha davlat tomonidan, kamida to‘rt-besh yil davomida, qo‘llab-quvvatlanib turiladi”, — dedi.  

Ishlab chiqaruvchilar aytishiga qaraganda, Davra.uzning asosiy yutug‘i, bu — uning Tas-IX tarmog‘ida joylashganligi va undagi kontentni O‘zbekiston mentaliteti va qonunchiligiga mos kelish yoki kelmasligini nazorat qilish imkoniyati borligidir.

“Bu yerda tushunmovchilik bo‘lmasligi kerak. Biz behayolik, zo‘ravonlik, terrorchilik va  millatchilik aks etgan va O‘zbekiston qonunlariga zid bo‘lgan har qanday materiallar tarqalishini nazorat qilmoqchimiz. Shu bilan bir vaqtda odamlarning siyosiy mavzular bo‘yicha fikr bildirish imkonyatini hech kim cheklamoqchi emas”, — dedi markaz vakili.

Davra.uz ijtimoiy tarmog‘i orqali foydalanuvchilar o‘z sinfdoshlarini, kursdoshlarini va hamkasabalarini topishlari mumkin. Bundan tashqari ular qiziqishlariga qarab ochiq va yopiq guruhlar tashkil qilishlari va biznes yuritish va targ‘ib qilish asbobi sifatida ham ishlatsa bo‘ladi.

Oddiy xizmat tariqasida ijtimoiy tarmoqda matnlar, fotosuratlar va videomateriallar joylashtirish mumkin. Undan tashqari “yoqdi” tugmachasini bosish, izoh berish va messenjer orqali suhbat qilish ham mumkin.

Bugungi kunda Davra.uz tarmog‘ida 2200 dan ortiq foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan, 50 ta sahifa yaratilgan va qiziqishlariga qarab 66 guruh tuzilgan. Tarmoqda ro‘yxatdan o‘tish ID.UZ orqali amalga oshiriladi. Tarmoqning mobil versiyasi, rus va o‘zbek tillaridagi interfeysi ham bor.

Yangiliklar lentasi
0