TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. 2016 yilning yanvar oyidan boshlab O‘zbekistonda rasmiy AQSh dollari kursi 4% ga o‘sdi. Bu MDH davlatlari orasida to‘rtinchi ko‘rsatkich bo‘ldi, deb xabar bermoqda Nuz.uz sayti.
Sobiq Ittifoq davlatlari orasida milliy valyutaga nisbatan Dollar kursining o‘sishi bo‘yicha birinchi o‘rinda Tojikiston – 12.5 %, Belarussiya – 6,5 %, Ukraina – salkam 4,86% va Moldova 1,78 %.
Turkmanistonda Dollar kursi o‘zgarmagan va u 3,5 manatni tashkil qiladi. Aytib o‘tish kerakki, ushbu davr ichida MDHning boshqa mamlakatlarida AQSh dollari milliy valyutaga nisbatan arzonlashdi.