Rossiyada “Uzoq Sharq gektari” haqidagi qonun kuchga kirdi

© Sputnik / Yuriy Kaver / Mediabankka o‘tishTabiat manzarasi
Tabiat manzarasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu qonunga ko‘ra, fuqarolar Uzoq Sharq federal okrugida davlatdan bir gektar yerni bepul olishi olishi mumkin.

TOShKENT, 1-iyun – Sputnik. Rossiyada bugundan boshlab “Uzoq Sharq gektari” haqidagi qonun kuchga kirdi. Unga ko‘ra, fuqarolar Uzoq Sharq federal okrugida davlatdan bir gektar yerni bepul olishi olishi mumkin, RIA Novosti xabari asosida.

Ushbu yilning aprel oyida Rossiya Davlat Dumasi fuqarolarga Uzoq Sharq federal okrugida davlatdan bir gektar yerni bepul berish haqidagi qonunni qabul qilgan edi. Unga ko‘ra Rossiya fuqarolari Yakutiya, Kamchatsk, Primorsk, Xabarovsk o‘lkalarida, Amursk, Magadansk, Saxalin viloyatlarida va Yevreysk va Chukotsk avtonom viloyatlarida davlatdan bir gektar yer olishlari mumkin. Yer olish huquqi avval ushbu viloyatlarda doimiy yashayotgan aholiga keyin esa, Rossiyaning boshqa fuqarolariga beriladi.

Qonunga ko‘ra yer berilganidan keyin, uch yil ichida uni olgan fuqaro yerni qanday ishlatayotgani haqida davlatga hisobot berishi kerak. Agar yer maydoni maqsadga muvofiq ishlatilmayotgan bo‘lsa, fuqaro uni davlatga qaytarib berishga majbur. Agar fuqaro yerdan samarali foydalayotgani aniqlansa besh yildan keyin yer fuqaroga uzoq muddatga ijaraga yoki xususiy mulk sifatida berilishi mumkin.

Nadalniyvostok.rf sahifasida ushbu yerdan qanday foydalanish mumkinligi haqida turli biznes-planlar bor. Ular orasida kamob o‘simliklar yoki nihollar yetishtirish, fermer xo‘jaliklari tashkil qilish, ovchilk va boshqa faoliyat yurish misollari bor.

Qonunga ko‘ra, oilaning har bir a’zosi uchun bir gektar yer olish mumkin. Undan tashqari, yirik biznes tashkil qilish birdaniga bir necha gektar yer olishga jamoa arizasi ham berish mumkin.

Yer ajratib berish bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. 2017-yilning birinchi fevraligacha faqat ma’lum hududda ro‘yxatdan o‘tgan rossiyaliklar yer olishi mumkin, ushbu sanadan keyin esa – har qanday Rossiya fuqarosi yer olishi mumkin. Dastlabki bosqichda ushbu qonun bo‘yicha 650 ming gektar yerni fuqarolarga tarqatish ko‘zda tutilgan.

Uzoq Sharqni rivojlantirish vazirliga ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyaliklarning 9 % “Uzoq Sharq gektari” qonuni imkoniyatlarini jiddiy o‘rganishgan va ushbu hududga ko‘chib o‘tishga tayor.

Yangiliklar lentasi
0