Toyota portlash tufayli 14 ta konveyerini to‘xtatdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishToyota
Toyota - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toyota avtokonserni ehtiyot qismlar vaqtida yetkizib berilmagani tufayli, 9 zavodda 14 konveyer liniyasini to‘xtatishga majbur bo‘ldi.

 

TOShKENT, 1-iyun — Sputnik, Kseniya Naka. Toyota Motor Corporation avtomobil konserni chorshanba kuni 9 zavodida 14 konveyer ishini to‘xtatishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

30 may kuni Toyota guruhiga qarashli tormoz tizimi uchun kerakli detallar ishlab chiqaruvchi Aisin Seiki Co.Ltd, korxonasida kuchli portlash yuz bergan edi. Portlashda 4 kishi jabrlangan va ushbu zavod o‘z faoliyatini bir necha kunga to‘xtatishga majbur bo‘lgan.

Natijada, Toyotaning Ayti, Kioto, Osaka va Fukuoka prefekturalarida joylashgan zavodlariga tormoz tizimi uchun kerakli detallar vaqtida yetkizib berilmadi va ular o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatishga majbur bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, Toyota zavodlari o‘zining mashhur “kanban” (aniq vaqtida) tizimida ishlaydi, ya’ni kerakli detallar konveyerga aynan mashinaga o‘rnatish vaqtida yetkizib beriladi. Zavod omborxonalarida ehtiyot qismlar zahiralari saqlanmaydi.

 

Yangiliklar lentasi
0