Yilning birinchi choragida Rossiyadan pul o‘tkazmalari hajmi 11%ga oshdi

© Sputnik / Gennadiy Melnik / Mediabankka o‘tishMijoz bank oldida
Mijoz bank oldida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yunistrim xalqaro pul o‘tkazmalari tizimi xabariga ko‘ra ushbu yilning birinchi choragida Rossiyadan boshqa mamlakatlarga pul o‘tkazmalari hajmi 11%ga oshdi.

 

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Yunistrim xalqaro to‘lov tizimi ma’lumotiga ko‘ra, 2016-yilning mart oyiga qadar bo‘lgan o‘tkazmalar umumiy hajmi 50 mlrd rublni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilga qaraganda 7% ga ko‘p.

Boshqa mamlakatlarga o‘tkazlgan pullar hajmi esa ushbu davr ichida 11%ga o‘sdi.

2015 yilda Rossiyadan boshqa mamalkatlarga o‘tkazlgan mablag‘ning umumiy hajmi 1,8 mlrd $ ni tashkil qildi. Pul o‘tkazmalari hajmi eng ko‘p o‘sgan mamlakatlar bu Qirg‘iziston (+45%), Qozog‘iston (+30%) va Tojikiston (+19%) bo‘ldi. O‘zbekiston haqidagi ma’lumotlar kompaniya tomonidan aytib o‘tilmagan.

Chet el mamalkatlari orasida eng ko‘p pul o‘tkazgan mamlakatlar bu Chexiya, Turkiya va Fillipin bo‘ldi.

 

Yangiliklar lentasi
0