Toshkentda agrotexnika xalqaro ko‘rgazmasi ish boshladi

© JahonUzbekistan Agrotech Yexro-2016
Uzbekistan Agrotech Yexro-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zekspomarkaz majmuasida bugun "Uzbekistan Agrotech Expo-2016" va "Uzbekistan Agromash Yexro-2016" xalqaro ixtisoslashgan savdo-ko‘rgazmalari ish boshladi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Bugun Toshkentning O‘zekspomarkaz majmuasida "Uzbekistan Agrotech Expo-2016" va "Uzbekistan Agromash Yexro-2016" xalqaro ixtisoslashgan savdo-ko‘rgazmalari boshlandi,  "Jahon" axborot agentligi xabari asosida.

Ko‘rgazmalar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasi vakillarini zamonaviy agrotexnik asbob-uskunalar va texnologiyalar bilan tanishtirishgan qaratilgan. Ko‘rgazmalar 3-iyunga qadar davom etadi.    

Tadbir doirasida respublika fermer xo‘jaliklarini va kichik korxonalarini chet ellik texnika va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchilari bilan uchrashtirishga qaratilgan bir necha ixtisoslashgan seminarlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Undan tashqari ko‘rgazmada qishloq xo‘jaligining yangi texnika va texnologiyalari prezentatsiyalari bo‘lib o‘tadi.

“Uzbekistan Agrotech Yexro-2016” ko‘rgazmasida dunyoning 24 mamlakatidan 170 dan qiloq xo‘jaligi sohasida ixtisoslashgan asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ishtirok etmoqda. Qatnashchilar orasida Avstriya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Xitoy, Rossiya va boshqa mamalkatlari vakillari bor.

© JahonUzbekistan Agrotech Yexro-2016
Uzbekistan Agrotech Yexro-2016 - Sputnik O‘zbekiston
Uzbekistan Agrotech Yexro-2016

 

Yangiliklar lentasi
0