TOShKENT, 31-may — Sputnik. Yaqin kunlarda havo harorati issiqligi saqlanib qolishi tufayli, Respublika sharqidagi tog‘li tumanlarda sel kelish xavfi paydo bo‘ladi, deyilgan FVV seshanba kuni sms orqali tarqatgan xabarda.
Sel kelganda qanday choralar ko‘rish kerakligi vazirlik saytida maxsus bo‘limda aytib o‘tilgan.
“O‘zbekiston ob-havo markazi” xabariga ko‘ra atrof haroratining o‘sishi va iyun oyining boshida kutilayotgan yomg‘irlar tufayli tog‘li va tog‘ oldi hududlarida qor erishi va yomg‘ir suvlarining qo‘shilishi natijasida sel kelish xavfi saqlanib qoladi”, — deb izoh berilgan xabarda.
FVV xabariga ko‘ra, may oyining o‘rtalarida respublikaning ba’zi hudularida sel oqimlari va suv bosish holatlari yuz bergan. Bundan 130 xonadon, transport aloqa tizimlari zarar ko‘rgan. 550 kishi xavfsiz hududlarga ko‘chirilgan.
May oyining boshida “Qamchiq” dovonida ko‘chki oqibatida, dovondan o‘tayotgan avtomobilda bo‘lgan 5 kishi qurbon bo‘lgan.