Hijob kiygan qizlarning xip-xop raqsi interntda ommaviylashib ketdi

© YouTubeHijob kiygan qizlar xip-xop raqsi ijro etdi
Hijob kiygan qizlar xip-xop raqsi ijro etdi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Biz musulmonlarmiz, vahimaga tushmang” guruhi qizlarining xip-xop raqsi internetda juda ommaviylashib ketdi. Guruh a’zolari shunday yo‘l bilan boshqa din va millat vakillariga hijob kiygan musulmon ayollaridan qo‘rqish kerak emasligini aytmoqchi bo‘lishdi.

TOShKENT, 31 may — Sputnik. AQShning Minnesotta shtatida o‘tkazilgan “Sage Awards” konkursida hijob kiygan qizlar guruhi zamonaviy xip-xop raqsini ijro etishdi. Ushbu raqs tushirilgan videolavha internetda juda ommaviylashib ketdi Dazed and Confused nashri xabariga asosan.

Ushbu guruh 2011-yilda Amira Saket nomli raqqosa tomonidan tashkil qilingan.

Raqqosalar guruhi o‘z faoliyati bilan jamiyatga, boshqa din va millat vakillariga hijob kiygan ayollardan qo‘rqish kerak emasligini isbotlamoqchi bo‘lishgan. Buni namoyish qilish uchun ular hijobda zamonaviy xip-xop raqsini ijro etishgan.

“Men hijob kiyib yuraman, chunki menga bu yoqadi. Usiz ham men o‘zimni chiroyli ayol deb bilaman, lekin menga hijobsiz yurganimda erkaklar ko‘proq e’tibor berishi yoqmaydi. Hijobda esa — erkaklar menga hurmat bilan, oddiy odamga qaragandek qarashadi”, — dedi raqqosalardan biri.

Qizlar aytishiga qaraganda ularni raqsi – bu jamiyatda mavjud bo‘lgan stereotiplarga qarshi kurashdir.

“Musulmon dunyosida va umuman butun dunyoda jabr-sitam ko‘rgan ayollar juda ko‘p. Raqsning yana bir mohiyati – bu boshqa ayollarni ham o‘z kuchlarini va o‘z chiroylarini ko‘rsatishga undash”, — deyishadi guruh raqqosalari. 

 

Yangiliklar lentasi
0