Moskvada yangi aeroport ochildi

© Sputnik / Emin Djafarov / Mediabankka o‘tishMejdunarodniy aeroport "Jukovskiy" v Moskovskoy oblasti
Mejdunarodniy aeroport Jukovskiy v Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskvaning janubi sharqida joylashgan yangi “Jukovskiy” aeroporti – Moskva havo transporti tizimida to‘rtinchi xalqaro aeroport bo‘ldi. Qozog‘iston va Qirg‘iziston aviakompaniyalari yangi aeroportga allaqachon parvozlarini ko‘chirishga tayor.

TOShKENT, 31-may — Sputnik, Mariya Shyeludakova. Rossiya poytaxtining janubi-sharqida joylashgan Jukovskiy shahrida kecha 30-may kuni yangi “Jukovskiy” aeroporti ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu aeroport Moskva transport tizimida to‘rtinchi aeroport bo‘ldi.  

Yangi aeroport va yo‘lovchi terminali ochilish marosimida Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev ishtirok etdi.  

Eslatib o‘tamiz Rossiya hukumati ushub yilning mart oyida yangi aeroportni ochish haqida qaror chiqargan edi, lekin uning ishga tushish sanasi aniq belgilanmagan edi.

© Sputnik / Aleksandr Astafyev / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF D. Medvedev posetil noviy mejdunarodniy aeroport v Jukovskom
Premyer-ministr RF D. Medvedev posetil noviy mejdunarodniy aeroport v Jukovskom - Sputnik O‘zbekiston
Premyer-ministr RF D. Medvedev posetil noviy mejdunarodniy aeroport v Jukovskom

“Jukovskiy” aeroportiga qadar temir yul 2018-yilga qadar qurib bitkazish rejalashtirilgan. Unga qadar yo‘lovchilarni maxsus shattl-avtobuslar tashiydi. Avtobuslar Moskvaning “Kotelniki” metro bekatidan qatnaydi.

Rossiya Transport Qo‘mitasi eksperti Roman Gusarovning fikriga ko‘ra, aeroport va unga kerakli infratuzilmalar qurilishi juda ildamlik bilan olib boriladi, chunki yangi aeroportda yo‘lovchilar oqimi juda katta bo‘lishi kutilmoqda.

Ekspertning fikriga ko‘ra, Moskvaning boshqa o‘ta gavjum aeroportlariga qaraganda, “Jukovskiy” avikompaniyalarga juda qulay joylashish sharoitlari va xizmat ko‘rsatishga arzon narxlar taklif qilishi mumkin.

“Hozirgi yo‘lovchilar oqimi kamayishi – bu vaqtinchalik holat. Bir-ikki yildan keyin oqim yana ko‘payadi va aeroportlar oldingidek tiqilinch bo‘lib qoladi. O‘shanda aviakompaniyalar bo‘sh o‘rinlari ko‘p bo‘lgan “Jukovskiy”ga qarab yo‘l oladi”, — dedi Gusarov.   

Bugungi kunda yangi “Jukovskiy” aeroporti to‘rtta aviakompaniya bilan shartnoma imzolagan. Ular  Air Kyrgyzstan, Qozog‘istonning SCAT aviakompaniyasi va Rossiyaning "Skay Geyts Eyrlayns" hamda "Aviastar-TU" aviakompaniyali.

Hozircha yangi aeroport yo‘lovchilar orasida ommaviyligi bo‘yicha Domodedovo va Sheremetyevo aeroportlari bilan bellasha olmaydi, chunki aeroportga borish anchagina noqulay. Aeroport shahar chegarasidan 28 km masofada joylashgan bo‘lsada, unga olib boruvchi avtomobil yo‘llari doimo tirband, “Aeroekspress”tezurar poyezdi  esa 2018-yilda ishga tushadi.

"Jukovskiy" – oldingi eksperimental va ko‘rgazmalar o‘tkaziladigan aerodrom edi. Xalqaro MAKS aviako‘rgazmasi ham aynan shu yerda o‘tkaziladi. Aeroport egasi — “Ramport Aero” kompaniyasi. Yo‘lovchi terminalining maydoni 17,6 gektarni tashkil qiladi. Aeroport qurilishining birinchi bosqichiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 1,8 milliard rublni tashkil qildi.

Dastavval aeroport arzon chiptalar sotuvchi aviakompaniyalar — loukosterlar uchun mo‘ljallangan edi, lekin ayni damda Rossiyada yagona loukoster bo‘lgan “Pobeda” aviakompaniyasi “Vnukovo” aeroportini tark etish istagini bildirgani yo‘q.

Yangiliklar lentasi
0