O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida otishma bo‘ldi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Mediabankka o‘tishChegarachilar ish ustida
Chegarachilar ish ustida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston chegarachilari tunda chegarasni noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lgan guruhga qarshi ogohlantiruvchi o‘q uzdi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. Qirg‘iziston Chegara Qo‘mitasi xabariga ko‘ra, mamlakat chegarachilari chegarani buzib o‘tmoqchi bo‘lgan qoidabuzarlarni to‘xtatish uchun o‘q uzishga majbur bo‘lgan.

“31 may kuni yarim kunda Qirg‘iziston respublikasi chegarachilari davlat chegarasi yaqinida 10ga yaqin notanish kishilarni payqab qolishgan. Ular chegarachilar buyrug‘iga bo‘y sunmagach, chegarachilar osmonga qarab ogohlantiruvchi o‘q otishga majbur bo‘lishgan”, — deyilgan matbuot xizmati xabarida.

O‘q otilganidan keyin chegarabuzarlar O‘zbekiston hududida yashiringan.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida turli xil hodisalar va tushunmovchiliklar tez-tez bo‘lib turadi. Bunga sabab chegaraning ba’zi bo‘laklari aniq-ravshan belgilanmagani bo‘lsa kerak. Ba’zan Qirg‘izistonlik cho‘ponlar qo‘y boqib bilmasdan O‘zbekiston hududiga o‘tib ketadi, ba’zan aksincha. Bir necha oy oldin esa, chegara chizig‘i yaqinida yer osti tunneli topilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0