Shoir Erkin Vohidov olamdan o‘tdi

© uz24.uzErkin Vohidov
Erkin Vohidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarlarga ko‘ra, shoir bir necha kun oldin og‘ir ahvolda 1chi sonli shifoxonaga yotqizilgan edi.

TOShKENT, 31-may — Sputnik. O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston qahramoni Erkin Vohidov 30-may kuni 79 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqida shoirning yaqin qarindoshlari xabar berishdi.

Erkin Vohidov 1936-yilda Fag‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ildi. 1960-yilda ToshDUni tugatdi. Shundan keyin Erkin Vohidov “Yosh gvardiya” nashriyotida redaktor va bosh redaktor lavozimlarida, G‘ofur G‘ulom nomli adabiyot va san’at nashriyoti direktori lavoimida va “Yoshlik” jurnalida redaktor lavozimlarida ishladi. 1990-yillardan boshlab shoir ijtimoiy faoliyat bilan shug‘ullanib keldi.

 

Erkin Vohidov «Tong nafasi» (1961), «Qo‘shiqlarim sizga» (1962), «Yurak va aql» (1963), «Mening yulduzim» (1964), «Muhabbat» (1976), «Tirik sayyoralar» (1978), «Ruhlar isoni» (1979), «Sharqiy qirg‘oq» (1982), «Kelajakka maktub» (1983), «Bedorlik» (1985), «Kuy avjida uzilmasin tor» (1991), «Yaxshidir achchiq haqiqat» (1992) kabi asarlar muallifi. 1969-yilda yozilgan «Oltin devor» esa — o‘zbek dramaturgiyasining mashhur asarlaridan biriga aylandi.

Erkin Vohidov ijodiy faoliyat bilan bir qatorda dunyo adabiyotining noyob namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish bilan ham shug‘ullandi. Shoir Yesenin, Gamzatov, Emins kabi shoirlarning she’rlarini hamda Gotening “Faust” asarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.  

Erkin Vohidov faoliyatining asosiy mavzularidan biri bu — Vatanga muhabbat mavzusi bo‘ldi. Shoirning “O‘zbegim” qasidasining har bir so‘zi vatanga mehr va muhabbat bilan to‘lgan.

 

Yangiliklar lentasi
0