TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkentda 27-may kuni yangi Chevrolet Nexia avtomobilning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi, Daryo.uz xabariga asosan.
GM Uzbekistan korxonasining yangi kichik sedani O‘zbekiston hududida Chevrolet Nexia boshqa mamlakatlar bozorlarida esa Ravon Nexia R3 brendi ostida sotuvga chiqariladi.
Nashr xabariga ko‘ra yangi Neksiya avtomobilini Yaqin Sharq va Afrika mamalkatlari bozorlariga sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.
Yangi avtomobil ABS va xavfsizlik yostiqchalari kabi zamonaviy aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan. Undan tashqari avtomobil immobilayzer, kunduzgi xavfsizlik chiroqlari (DRL) va bolalalar o‘rindiqlarini o‘rnatish uchun Isofix maxsus ilmoqlari bilan jihozlangan.
Yangi Neksiya hajmi 1,5 litr, 16 klapanli 109 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobil 11 xil rangda sotuvga chiqariladi, ulardan 4tasi oldin mavjud bo‘lmagan yangi rang.
Yangi avtomobilning narxi hozircha e’lon qilinmagan.