Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi ko‘prik asosiga 1000 ta qoziqoyoq o‘rnatildi

© SputnikQuruvchilar Qrim ko‘prigi ustuni asosiga qoziqoyoq o‘rnatishmoqda
Quruvchilar Qrim ko‘prigi ustuni asosiga qoziqoyoq o‘rnatishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kerch bo‘g‘ozida, Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi ko‘prik asosiga 1000 dan ortiq turli xil qoziqoyoqlar o‘rnatildi.

TOShKENT, 30-may — Sputnik.  Kerch bo‘g‘ozida, Qrimni Rossiya bilan bog‘lovchi ko‘prik asosiga 1000 dan ortiq turli xil qoziqoyoqlar o‘rnatildi.

"Qoziqoyoq o‘rnatish ishlari Qrim ko‘prigi qurilishining barcha hududlarida jadal va tinimsiz olib borilmoqda. Ushbu temir-betondan yasalgan qoziqoyoqni yer ostiga 18 metrga chuqurlashtirish kifoya. O‘tkazilgan geologik izlanishlar natijasiga ko‘ra, ushbu hududda baquvvat yer tubi yer yuziga yaqin joylashgani uchun, bu yerda ko‘prik qurish maqsadga muvofiq deb topilgan", — deydi “Taman” Yo‘l qurilishi Boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Qayrat Tursunbekov.

Quruvchilar umuman 7000 dan ortiq qoziqoyoq o‘rnatishlari kerak. Ulardan mingtasi yo‘g‘onligi 40sm ga 40 sm bo‘lgan prizma shaklidagi temir beton qoziqoyoqlardir.  Bu Rossiyada fuqaro va sanoat qurilishida ishlatiladigan qoziqoyolarning asosiy turi.

Temirbeton ustunlar yerga qoziq qoquvchi mashinalar yordamida qoqiladi. Bo‘lajak ko‘prikning har bir “oyog‘i” uchun 48ta shunday qoziqoyoq qoqiladi va ularning ustidan bog‘lovchi umumiy temir beton plitasi quyiladi. Har bir shunday oyoqni qurish uchun 400 kubometr beton kerak bo‘ladi.

Ko‘prik qurilishi qarama-qarshi qirg‘oqdan ham boshlangan. Bu tomonda 800 ga yaqin qoziqoyoq o‘rnatiladi. Tuzla oroli atrofi ko‘prik qurilishining eng  murakkab bo‘lagi bo‘lib, bu yerda po‘lat trubalardan yasalgan qoziqoyoqlardan foydalaniladi. Ularning soni 5500 ta bo‘lishi kutilmoqda. 

Qrim ko‘prigi bir vaqtning o‘zida sakkiz joyda qurilmoqda. Qurilishni ta’minlash uchun barcha kerakli infraqurilma tayorlangan. Olib kelish yo‘llari, omborxonalar, beton quyish moslamalari, quruvchilar yashashi uchun shaharchalar Kerchda ham Tamanda ham qurilgan.

Yangiliklar lentasi
0