TOShKENT, 30-may — Sputnik. Toshkent bog‘idagi hayvonlarni saqlash xonalari jahonning yetkchi hayvonot bog‘laridagi kabi yangilanadi va bog‘ hududida dengiz hayvonlari va baliqlar ko‘rgazmasi paydo bo‘ladi. Bu haqida O‘zbekiston hukumatining 20-mayda chop etilgan, Toshkent Hayvonot bog‘ini 2016-2020 yillar davomida rivojlantirish haqidagi qarorida aytib o‘tilgan.
Tasdiqlangan rejaga ko‘ra, Toshkent hayvonot bog‘idagi hayvonlarni saqlash xonalari "dunyoning yetakchi hayvonot bog‘lari misolida va namunasiga ko‘ra o‘z qiyofasini o‘zgartiradi". Undan tashqari hayvonlar uchun qo‘shimcha turar joylar quriladi va ularning to‘plami kengaytiriladi.
Hayvonot bog‘ini rivojlantirish, zollogiya va zooinjeneriya laboratoriyalari uchun ilmiy majmua yaratiladi. Bog‘ining veterinar kasalxonasi uchun zamonaviy tibbiyot uskunalari sotib olish rejalashtirilgan.
Hayvonot bog‘iga keluvchilar uchun ham bir qator qulayliklar yaratish ko‘zda tutilgan. Ular orasida audiogid xizmati tashkil qilish, bolalar maydonchalari tashkil qilish, kafe va wi-fi aloqasi o‘rnatilgan maydonchalar yaratish ko‘zda tutilgan. Bog‘ ichida ekskursiyalar tkazish maqsadida ikki elektromobil sotib olish ko‘zda tutilgan.
Undan tashqari, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida hayvonot bog‘ining shu’balari ochilishi va Termezdagi hayvonot bog‘i esa qayta qurilishi rejalashtirilgan.
Toshkent Hayvonot bog‘i 1924-yilda O‘rta Osiyo universiteti zoolog olimlari tomonidan tashkil qilingan. 1994-yilda bog‘ Botanika bog‘i yaqiniga, yangi binoga ko‘chirib o‘tkazilgan edi. Bugungi kunda Toshkent Hayvonot bog‘ining hududi 21.5 gektar maydonni tashkil qilgan bo‘lib, u yerda 7 mingdan ortiq kamob hayvonlar, qushlar va baliqlar yashaydi.