Jizzaxda qizlarni Turkiya va Malayziyaga qullikka sotgan uch ayolga qamoq jazosi berildi

© fotoliaQonun va huquq timsollari
Qonun va huquq timsollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jizzax sudi ayollarni Turkiya va Malayziyaga qullikka sotgan, uch kishidan iborat jinoiy guruh a’zolariga 8-yildan 9-yilgacha qamoq jazosi berdi.

TOShKENT, 30-maya — Sputnik. Jizzax viloyati sudi uch ayoldan iborat bo‘lgan jinoiy guruh a’zolariga, odamlarni qullika sotgani uchun, 8-yildan 9-yilgacha qamoq jazosi belgiladi, dedi viloyat sudi vakili.  

Tergov natijasida, kamida o‘nta shunday holat aniqlandi. Bunga ba’zi ayollarning vataniga qaytganidan keyin huquqni saqlash organlariga murojaat qilishi sabab bo‘lgan.

“Bu ayollar kambag‘al oilalardan yosh qizlarni tanlab olib Yevropa va Osiyo mamlakatlarida katta maosh to‘lanadigan ish taklif qilishgan. Aslida esa ular fohishaxonalarga yo‘naltirilgan”, — deyilgan xabarda. Xususan bir necha ayollar Turkiya va Malayziya hududiga olib chiqilgan.

O‘zbekistonda odamlarni chet elga qullika sotish holatlari haqida tez-tez uchrab tursada, oxirgi yillarda bunday holatlar kamayishi kuzatilmoqda. Xususan, respublikada bunday holatlar 2014-yilda 2013-yilga nisbatan 13 %ga kamayishi kuzatilgan. 2015-yil ma’lumotlari hali e’lon qilinmagan.

 

Yangiliklar lentasi
0