TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘tkazirlgan DNK analizi 21-may kuni AQSh uchuvchisiz apparati zarbasi yordamida yo‘q qilingan mashinada haqiqatdan ham “Tolibon” radikal harakati rahbari Axtar Mansur bo‘lganligini tasdiqladi, RIA Novosti xabariga asosan.
Muassasa xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lgan “Tolibon” rahbarining DNK analizi uning tanasini olib ketish uchun kelgan yaqin qarindoshining DNK analiziga mos tushgan.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” radikal oqimi rahbari Axtar Mansur 21-may kuni, Pokiston hududida AQSh uchuvchisiz apparati Mansur ketayotgan mashinaga bergan zarbasidan qurbon bo‘lgan edi.
Islomobod AQShning ushbu hatti-harakati nafaqat Pokiston suverenitetini buzish balki, Afg‘onistondagi tinchlik muzokaralariga ham xalal berishi mumkinligini ta’kidladi.