TOShKENT, 30-maya — Sputnik. Toshkentda iyun oyining oxirida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan, Shanxay Hamkorligi tashkiloti sammiti oldidan favqulodda holatlarni oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha maxsus taktik o‘quv-mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda respublika IIV matbuot xizmati.
“Toshkent Ichki ishlar Bosh Boshqarmasi kuchlari hamda shoshilinch yordam xizmatlari bilan birgalikda favqulodda holatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf qilib bo‘yicha taktik o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda”, — deyilgan rasmiy xabarda.
“ShHT sammiti oldidan o‘tkazilayotgan o‘quv-mashg‘ulotlari, maxsus xizmatlar, FHV, Sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa shoshilinch yordam xizmatlarning o‘zaro hamkorligini uyg‘unlashtirishga qaratilgan”, — dedi Toshkent shahar huquqni saqlash organi vakili.
O‘quv mashg‘ulotlarining rejasi va tafsilotlari e’lon qilinmagan. Mashg‘ulotlar sammit boshlanishiga qadar davom etadi. O‘tgan dam olish kunlari ushbu o‘quv-mashg‘ulotlari tufayli Toshkentning markaziy ko‘chalaridan bir nechasi vaqtincha yopib qo‘yildi.
Bugungi kunda ShHT a’zolari Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston. Belorussiya, Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokistoan va Afg‘oniston kuzatuvchi mavqeyiga ega. O‘tgan yila ShHTning Ufadai sammitida, navbatiga ko‘ra, ShHTga raislik vazifasi Rossiyadagn O‘zbekistonga o‘tgan edi.