TOShKENT, 27-may — Sputnik, Yekaterina Plyasunkova. AQSh prezidenti Barak Obamaning aytishicha, uning Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe bilan birgalikda 1945-yilda amerikaliklar tomonidan bombardimon qilingan Xirosima shahriga uyushtirgan safari — butun dunyoga sobiq dushmanlar qanday qilib kuchli ittifoqdoshga aylanishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
"Men Xirosima va Nagasakida yadro qurolini qo‘llash haqidagi qarorni ko‘rib chiqmoqchi emasman, lekin shuni ta’kidlab o‘tmoqchimanki, Bosh vazir Sindzo Abe bilan Xirosimaga uyushtirgan hamkorlikdagi safarim jahonga yarashish imkoniyatini ko‘rsatib berdi, bugun butun dunyo sobiq dushmanlar kuchli ittifoqdoshlarga aylanishi mumkinligiga guvoh bo‘lmoqda", — deb ta’kidlagan Barak Obama "Asaxi" nashriga bergan intervyusida.