YuNISEF vakolatxonasi rahbari Toshkentdagi missiyasini yakunlamoqda

© Foto: Predstavitelstvo YuNISEFO‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasida bolalar va ayollar farovonligini yaxshilash borasida reja imzolandi
O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasida bolalar va ayollar farovonligini yaxshilash borasida reja imzolandi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Robert Fuderich YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga 2013-yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi. Ungacha YuNISEFning Yamaykadagi vakolatxonasini boshqargan.

TOShKENT, 27-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 27-may kuni mamlakatimizdagi missiyasini yakunlayotgan BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) Vakolatxonasi rahbari Robert Fuderichni qabul qildi, deya xabar tarqatdi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

 

Uchrshuvda O‘zbekiston va YuNISEF o‘rtasidagi munosabatlar holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi hamda aloqalarning konstruktiv va o‘zaro manfaatli tusga ega ekanligi qayd etildi.

Suhbat chog‘ida 16-aprelda imzolangan 2016-2020 yillarda YuNISEFning Mamlakatimizga oid hamkorlik dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirilishidan tomonlar manfaatdor ekanligi bildirildi.

YuNISEF Vakolatxonasi rahbariga hamkorlikning turli sohalaridagi amaliy masalalarni hal etishga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun minnatdorchilik bildirildi.

Robert Fuderich YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasiga 2013-yil kuzidan buyon rahbarlik qilib kelayotgan edi. Ungacha YuNISEFning Yamaykadagi vakolatxonasini boshqargan.

 

Yangiliklar lentasi
0