Butun dunyoda umr davomiyligi shiddat bilan uzaymoqda

© Sputnik / Vladimir Vatkin / Mediabankka o‘tishKeksa ayol va bola
Keksa ayol va bola - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, ikki minginchi yildan boshlab, odamlarning umr davomiyligi besh yilga oshgan. Hozirda bu ko‘rsatkich erkaklarda 69 yoshni, ayollarda esa 74 yoshni tashkil etadi.

TOShKENT, 27 may — Sputnik. Butun dunyoda umr davomiyligining o‘rtacha ko‘rsatkichi shiddat bilan uzaymoqda. Hozirda bu ko‘rsatkich ayollarda 74 yoshni, erkaklarda esa 69 yoshni tashkil qilmoqda, deb xabar berilgan Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yangi bayonotida.

Dunyoda eng uzoq hayot kechiruvchi millat sifatida  yaponlar tan olingan. 2015-yilda tug‘ilgan bolalar taxminan 83-yilu 7 oy yashashi taxmin qilinmoqda. Ikkinchi o‘rinda shveysariyaliklar turadi — umr davomiyligi ko‘rsatkichi 83,4 yilni tashkil qiladi. Undan keyingi qatorda Singapur turibdi — 83,1 yil, avstraliyaliklar va ispanlarda umr davomiyligi esa  — 82 yosh deb qayd qilingan. O‘zbekistonda umr davomiyligi esa 69,2 yoshni tashkil qiladi.

Rivojlangan davlatlarda jadallik ayniqsa sezilarli kechmoqda. Olimlarning so‘zlariga qaraganda, afrika davlatlarida o‘tgan yilda dunyoga kelgan bolalar 2000-yilda tug‘ilgan bolalarga nisbatan o‘n yil uzoq yashaydi.

Yangiliklar lentasi
0