TOShKENT, 26-may — Sputnik. Xitoy hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilardan biri morj bilan birga selfi qilish vaqtida g‘arq bo‘ldi; hayvonot bog‘i nazoratchisi ham halok bo‘lgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Hodisa o‘tgan haftada Veyxay shahridagi hayvonot bog‘ida ro‘y bergan. Hayvonot bog‘iga tashrif buyurgan biznesmenlarning biri morjni videoga olib, so‘ngra uning yonida selfi qilmoqchi bo‘lganida, jonivor uni suv ostiga tortib ketgan.
O‘n yildan buyon morj parvarishi bilan shug‘ullanib kelayotgan nazoratchi, g‘arq bo‘lgan suratkashni qutqarish maqsadida uning ketidan suvga sakragan.
Ikki erkak ham g‘arq bo‘lgan.
Hayvonot bog‘i ma’muriyati ushbu hodisa yuzasidan javobgarlikni o‘z bo‘yniga olib, suratkash oilasiga 137 ming dollar kompensatsiya to‘lagan.