27 may kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishBulutli ob-havo
Bulutli ob-havo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
27 may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momoqaldiroq kuzatilishi mumkin.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Gidrometeorologiya markazidan xabar qilinishicha, 27-may kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momoqaldiroq kuzatilishi mumkin. Havo harorati kechasi +18-20, kunduzi +30-32 daraja iliqni tashkil etadi, deb xabar qilmoqda Uz24.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Buxoroda yog‘ingarchiliklar kutilmaydi. Harorat +39 darajagacha issiq bo‘ladi.
Respublikaning qolgan hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momoqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi o‘rtacha +35 darajagacha ko‘tariladi.

Yangiliklar lentasi
0