TOShKENT, 26-may — Sputnik. Rossiya IIV terrorchilar uchun maxsus qamoqxonalar yaratilishi masalasi muhokama qilinmoqda, deb xabar qildi Federatsiya Kengashida Ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi Bosh boshqarmasi vakili Denis Kornikov, RIA Novosti xabari asosida.
"Maxsus ixtisoslashtirilgan (terrorchilar uchun) qamoqxonalar barpo etish masalasi turli instansiyalarda ko‘rib chiqilmoqda, shu jumladan, Xavfsizlik Qo‘mitasida ham”, — dedi u senatorlarning savoliga javob berar ekan.
2015 yilning noyabr oyida Federatsiya kengashi vitse-spikeri Ilyas Umaxanov terrorchilar boshqa moddalar bo‘yicha qamoqqa olinganlar orasida jangarilarni yollash ishlarini olib bora olmasliklari uchun Rossiyada terrorchilar uchun maxsus qamoqxonalarni tashkil qilish taklifini kiritgan edi.