Saudiyachilar O‘zbekistonda uylar qurilishiga 30 mln $ ajratdi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishUy loyihasi
Uy loyihasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari Qoraqalpog‘istonda 668 ta namunaviy uylar qurilishiga sarflanadi. Saudiya Taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan O‘zbekistonga shu vaqtga qadar yarim milliard dollarga yaqin kredit ajratilgan.

TOShKENT, 26-may — Sputnik. Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qoraqalpog‘istonda namunaviy uylar qurilishiga 30 million dollar ajratishga tayyorligini bildirdi. Ikki davlat o‘rtasida tegishli shartnoma imzolandi, deb xabar qilishdi Sputnik  muxbiriga Iqtisodiyot vazirligida.

"Bu saudiyachilarning birinchi transhi emas. O‘tgan yilning o‘rtalarida ham saudiyachilar Xorazm viloyati qishloqlarida 959ta namunaviy uylar qurilishiga 30 million dollar ajratishgan edi. Namunaviy qurilish ishlarini kreditlashtirish loyihasida ikkita xalqaro moliya institutlari – Islom Taraqqiyot banki va Osiyo taraqqiyot banki ishtirok etmoqda”, — deb ta’kidladi manba.

Yangiliklar lentasi
0