TOShKENT, 25-may — Sputnik. RIA Novosti xabariga ko‘ra, Sberbank mijozlari ikki-uch yil oralig‘ida plastik kartalardan foydalanishni to‘xtatishlari mumkin.
"Bank bo‘limlarida ovoz va tashqi ko‘rinishga qarab identifikatsiya qilish tizimi joriy etiladi", — deb aytgan German Gref "Izvestiya" nashriga bergan intervyusida.
"Sberbank" rahbarining so‘zlariga qaraganda, tashqi ko‘rinish va ovoz orqali identifikatsiya qilish tizimi 99,9% aniq ishlaydi. "Bu esa firibgarlik holatlaridan himoya qilish imkonini yaratadi, demak, mijozlar uchun bank xizmatini yanada qulayroq qiladi", — deya ta’kidlagan Gref.
Platforma 2018-yilga kelib Rossiyaning barcha regionlari bo‘yicha joriy etilishi rejalashtirilmoqda.