Rossiya Xavfsizlik kengashi: ikki yil ichida dunyoda 32 mingdan ziyod terakt yuz berdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishRossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyo bo‘yicha amalga oshirilgan teraktlar soni 2013-yilga qiyoslaganda bir yarim barobarga ortgan.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ikki yil ichida butun dunyoda, jumladan Yaqin Sharq va Afrikada 32 mingdan ziyod teraktlar amalga oshirildi, 90 mingga yaqin inson shu tufayli hayotdan ko‘z yumdi, deya bayonot berdi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev. RIA Novosti xabari asosida.

"So‘nggi ikki yil ichida dunyoda 32 mingdan ziyod terrorchilik aksiyalari amalga oshirildi, 90 mingga yaqin inson terrorchilar qurbonlariga aylandilar”, — dedi Patrushev jurnalistlarga seshanba kuni Grozniy shahrida bo‘lib o‘tgan xavfsizlik masalalariga qaratilgan Yettinchi xalqaro yig‘ilishda chiqish qilganda aytgan.

Patrushevning so‘zlariga qaraganda, teraktlar oqibatlari ko‘lamlari ortib bormoqda, ular tobora murakkab va shafqatsiz tus olmoqda.

"Teraktlarning teng yarmidan ziyodi Afg‘oniston, Pokiston, Nigeriya, Iroq va Suriya hududida amalga oshirilgan. Iroq va Suriyada portlashlar soni 2013-yildagiga nisbatan bir yarim barobarga, qurbonlar soni esa ikki barobarga ortgan”, — dedi Patrushev.

Yangiliklar lentasi
0