TOShKENT, 25-may — Sputnik. "Voditeli Tashkenta" guruhida keltirilgan izohlarda yozilishicha, avtomobillar qayerdan olib kelingani va qayerga olib ketilayotgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Avtomobillarning markasi Cadillac XTS ekanligi ma’lum, xolos.
Internet foydalanuvchilari bu avtomobillarning keltirilishi 23-24 iyun kunlari Toshkentda o‘tadigan ShHT sammiti bilan bog‘liqligini, bu avtomobillar delegatsiya a’zolariga xizmat qilishi haqida taxmin qilishgan.
Jumladan, Akmal Zakirov niki ostidagi foydalanuvchi quyidagicha izoh qoldirgan: "Sizlarni bilmadimu, ammo men o‘z Vatanimdan faxr tuyg‘usini his qilyapman! O‘zbekiston bilan g‘ururlanaman! ShHT sammiti eng yuqori darajada o‘tkazilishiga shubha qilmayman", — deya ta’kidlagan u.
Ammo bu xabarga piching yo‘nalishida izoh qoldirgan foydalanuvchilar ham yo‘q emas.
"Chet el delegatsiyalariga mana shunday avtomobillar xizmat qiladi-da, har holda "Damas" mikroavtobuslarida olib yurishmas ularni", deb yozgan Vadim Roumen niki ostida foydalanuvchi.
Qolaversa, tarmoqda avtomobillarning ShHT sammitiga tayyorgarlik ishlari doirasida keltirilgani bo‘yicha hujjat ham paydo bo‘lgan.