TOShKENT, 25-may — Sputnik, Sergey Starsev. TGcom 24 telekanali ma’lumotiga ko‘ra, favqulodda holat ertalab 6.30da Arno darosi qirg‘og‘ida, mashhur Ponte Vekko ko‘prigiga yaqin joyda ro‘y bergan.
Bu vaqtda mashinalar turadigan joyda odamlar bo‘lmagani tufayli Florensiya aholisi va ko‘psonli sayyohlar orasida jabr ko‘rganlar qayd etilmagan.
Hozirda hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar ish olib bormoqda, daryo atrofidagi ko‘chalar politsiyachilar tomonidan to‘sib qo‘yilgan.
Yer cho‘kishi Arno darosi yer osti suvlari tufayli ro‘y bergan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilinmoqda.