TOShKENT, 25-may — Sputnik. “Toshshahartransxizmat” AK yaqinlashayotgan yoz mavsumida shahar jamoat transportiga konditsioner o‘rnatishni rejalashtirmagan, deb xabar qiladi UZ24 nashri.
Kompaniya yaqin vaqt ichida konditsioner tizimiga ega avtobuslarni sotib olishni ham reja qilinmagan.
Kompaniyaning eslatishicha, issiq havoga qarshi transport salonlarida darchalar yoki shift tuynuklaridan foydalanish mumkin. Ular qo‘shimcha havo o‘tkazadi va harakatlanish davomida ularni ochishga ruxsat etilgan.
O‘tgan yili ham kompaniya avtobuslarga konditsioner o‘rnatiladimi, degan savollarga qat’iyan rad javobini bergan edi. Bunga konditsioner tizimi o‘rnatilgan transport vositalari va ularga texnik xizmat ko‘rsatish narxi yuqoriligi sabab sifatida ko‘rsatilgan edi.