Farg‘onada yong‘in tufayli bir kishi halok bo‘ldi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishYong‘in
Yong‘in - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida umumiy hisobda 142 ta yong‘in holati qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. Farg‘ona shahridagi uylarning birida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida uy egasi halok bo‘lgan deb xabar qiladi O‘zbekiston IIV rasmiy saytida.

Farg‘ona shahrida istiqomat qilgan fuqaro uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 1 kv. metr maydonda ko‘rpa-to‘shagi yonib zararlangan. Yong‘in o‘chirish vaqtida uy egasi tutundan dimiqqan holda topilgan.

O‘zR IIV YoXBBning xabar berishicha, o‘tgan hafta mobaynida respublika hududida 142 ta yong‘in qayd etilgan. Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 3 nafar fuqaro tan jarohatlari olishgan.

Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi bir fuqaroning uyida elektr isitish moslamasi nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati, Qarshi tumanida yashovchibir fuqaroning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning tomi, shift qismi va uy jihozlari hamda hovlisida turgan «Damas» rusumli avtomobili yonib ketgan.

Yangiliklar lentasi
0