O‘zbekistonda mamlakatning eng yaxshi xakeri tanlanadi

© Foto : PixabyXaker
Xaker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chempionatning final bosqichida ishtirok etuvchilar nomi 10-iyulgacha aniqlanadi.

TOShKENT, 25-may — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida ilk bor kiberxavfsizlik bo‘yicha Cyber Security Challenge Uzbekistan ochiq turnir bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilishdi Sputnik muxbiriga loyiha tashkilotchilari.

Turnirning saralash bosqichi mamlakatning ikki regioni — Buxoro va Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tdi. Endilikda, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida saralash bosqichlari o‘tkazilishi kutilmoqda. Chempionatning final bosqichi ishtirokchilari nomi 10-iyulda e’lon qilinadi.

"Ushbu turnir axborot xavfsizligi sohasida eng yaxshi yosh mutaxassislarni aniqlash maqsadida tashkil etilmoqda. Unda xohlagan kishi qatnasha oladi. Birgina shart — turnirda ishtirok etishni maqsad qilganlarning yoshi 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lishi kerak. Nomzodlar, 15-iyungacha ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Va bu yerda musobaqaga emas, balki, birinchi navbatda, ta’limga urg‘u beriladi. Musobaqa g‘oliblari axborot xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi yetakchi kompaniyalari o‘tkazadigan master-klass va ta’lim treninglarida ishtirok etadilar", — deb xabar qilishdi loyiha tashabbuskorlari.

"Ishtirokchilar — 30 million so‘mlik sovrin uchun o‘zaro bahslashadilar. Muhimi, musobaqa g‘oliblari, o‘z iqtidorlarini namoyish etish bilan birga, sohaning yetakchi kompaniyalari vakillari e’tiborini o‘zlariga qaratish imkoniga ega bo‘lishadi. Xususan, xalqaro antiviruslar dasturini ishlab chiquvchi ESET kompaniyasi va tarmoq texnologiyalari ishlab chiqish ohasida faoliyat yurituvchi transmilliy CISCO kompaniyasi chempionatga homiylik qilmoqda", — deb ta’kidladi suhbatdosh.

Kiberbirinchilikning eng yaxshi ishtirokchilari, ICTWEEK Uzbekistan-2016 haftaligi doirasida bo‘lib o‘tadigan final bosqichida kuch sinashadilar.

Yangiliklar lentasi
0